O‘zbekistonda DXX va IIV tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlari davomida 112 kg giyohvandlik vositalari va 8601 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi. Tadbirda 228 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka, 64 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Samarqandda aylanma yo‘llar orqali opiy olib o‘tgan uch Tojikiston fuqarosi va ularning o‘zbekistonlik sherigi ushlandi. Bekobodda ham o‘zbek-tojik chegarasi yaqinida kanalga oqizib yuborilgan yelim idishlar va sumkadan katta miqdorda narkotik topildi. Jami 111 kg giyohvandlik moddalari musodara qilindi.
Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi. Nizomga ko‘ra, ular dorixona mudiri, farmatsevt yoki uning assistenti tomonidan shifokorning maxsus pushti retsepti asosida beriladi. Shifokor faqat 1 nomdagi giyohvandlik vositasini yetti kunlik ehtiyojdan oshmagan holda yozishi kerak.
DXX Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hududda tezkor tadbirlar o‘tkazib, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
2024-yilning 9 oyi davomida bojxona organlari xodimlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolindi.
Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi, shuningdek, bu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etganlik uchun jazolar kuchaytirildi. Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha moddalar qo‘shildi. Yangi moddalar va ularda belgilangan jazolar bilan ushbu materialda tanishish mumkin.
Farg‘ona, Xorazm va Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan 15 kilogrammdan ortiq taqiqlangan moddalar musodara qilindi.
Toshkent tumanidagi tezkor tadbirda 22 yoshli shaxs mashinasida taxminiy narxi 1 mlrd so‘m bo‘lgan 1,4 kg mefedron sintetik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DXX Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida Tojikistondan salkam 26 kilogramm giyohvandlik moddasini olib kelgan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2,1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ularning asosiy qismini kannabis, marixuana, gashish va opiy tashkil qiladi. Foto.
O‘zbekistonda internet orqali giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarini tarqatganlik, reklama qilganlik hamda namoyish etganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilamoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalarini olib o‘tgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Ulardan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi.
DXX xodimlari va bojxonachilar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 27,5 kg “gashish” va salkam 4 kg “opiy”ning O‘zbekistonda sotilishiga chek qo‘ydi. Bundan tashqari, Andijon viloyatida Qirg‘izistondan olib kelingan 4,5 kg dan ortiq “Mefedron” aniqlanib, musodara qilindi.
Davlat xavfsizligi xizmati Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqladi. Musodara qilingan moddalarning aksar qismi Tojikistondan keltirilgan.
Toshkent shahri va viloyatida 3 ta holat bo‘yicha mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirilgan qariyb 5,7 kg sintetik giyohvandlik vositalari savdosi aniqlanib, musodara qilindi.
Yangihayot tumanida Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2 tonnadan ziyod narkotik vositalar yoqib yuborildi. So‘nggi 1,5 yilda 952 kg giyohvandlik, 440 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi va 7 ming donadan ortiq psixotrop moddalar aniqlangan.
Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 1 tonna 900 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini maxsus pechda yoqib yubordi.
DXX Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi xalqaro o‘tkazish punktida Tojikistondan kirib kelgan yuk poyezdi vagonining g‘ildiraklari orasida 1 kilogramm 949 grammlik «opiy» giyohvandlik vositasi borligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari Toshkent shahri va viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan 9 nafar shaxsni hibsga oldi. Ularning oldidan 34 mln so‘mlik 1351 dona dori vositasi topilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting